Buxoro aeroportida 4 dona qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Buxoro aeroportida 4 dona qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi, deya xabar berdi Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati.

Unda "Buxoro-Vnukovo" yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o‘zi bilan O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketish ta’qiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiya imperiyasining I imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilganligi tasdiqlandi.

Hozirda ushbu qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!