Bugun odamlar ajoyib tabiat hodisasiga guvoh bo‘ladi

Bugun odamlar ajoyib tabiat hodisasiga guvoh bo‘ladi

Bugun, 2 iyul kuni Yer sayyorasi aholisi Quyoshning to‘liq tutilishiga guvoh bo‘ladi. Tabiatning bu ajoyib hodisasi, ayniqsa, Yerning g‘arbiy yarim sharidan yaxshi ko‘rinadi. Bu haqda Moskva planetariyasi ma’lumot berdi.

Quyosh tutilishi Buenos-Ayres (Argentina) vaqti bilan soat 16:23 da (Toshkent vaqti bilan 00:23 da) boshlanadi va 4 daqiqa 33 soniya davom etadi. Quyosh to‘laligicha yopiladi.

Ushbu hodisani Tinch okeanining janubi-sharqiy qismi, Chili va Argentinadan kuzatgan ma’qul.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 26 dekabrda ham Quyosh tutiladi. Shuningdek, 17 iyul kuni Oy tutilishi hodisasi kuzatiladi. Uni odamlar Rossiya hududidan kuzatishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!