Bolasini chet davlat hududida nazoratsiz qoldirgan ota-onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatildi

Bolasini chet davlat hududida nazoratsiz qoldirgan ota-onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatildi

Mamlakatmizda ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun g‘amxo‘rlik qilishga majburligi qonun bilan mustahkamlangan.Ammo ba’zi ota-onalar qaramog‘idagi bolalarining ta’lim-tarbiyasiga qonuniy yondoshmasdan, bolani chet davlatga diniy ta’lim olish uchun yuborib, nazoratsiz qoldirish holatlari uchramoqda. Jumladan, Shahrisabz shahar, “Barhayot” mahallasida yashovchi Toxir voyaga yetmagan farzandini Misr Arab Respublikasida ta’lim olishga yuborgani uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 prim 6-moddasi bilan (bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirgani uchun) bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida, ya’ni 1.650.000 so‘m miqdorida jarima jazosiga tortilib, o‘ttiz kunlik muddatda Misr davlatidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish chorasini ko‘rish majburiyati yuklangan bo‘lsada, majburiyatni bajarmasdan kelgan. Shu sababli Toxirga nisbatan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122 prim 1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Unutmang, har bir bola davlat himoyasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!