Balida yetishtirilgan marvarid

Balida yetishtirilgan marvarid

Bugungi kunda Balida yetishtirilgan marvarid mashhurlikka erishdi. Ayrimlar uni sun’iy marvarid deb hisoblashadi, biroq barcha xususiyatlari bilan u tabiiysidan yomonroq emas. Bu maqolada marvarid yetishtiriladigan Bali suv fermalari haqida batafsil ma’lumot olasiz.Balida dengiz marvaridi eng katta dengiz marvarid doni Pinctada maxima to‘qimasida yetishtiriladi. U katta o‘lchamdagi marvaridni turli ranglarda yetishtira oladi hamda faqat tropik suvlarda bo‘ladi.

Biroq “yovvoyi” ustrisalarni faqat ko‘payish uchun qo‘llaydilar, marvaridni fermada yetishtirilgan ustrisalar ishlab chiqaradi. Bu yerda maxsus tozalangan suv va oziqdan foydalaniladi. Bularning bari ustrisalarga juda katta va “marvaridli” bo‘lib o‘sishda yordam beradi.

Endigina tug‘ilgan kichkina ustrisalar (yoshi 30 kunlik, o‘lchami 2 mm) kollektorlarning maxsus to‘rlariga joylashtirilib, dengizga tushiriladi. Ustrisalar o‘sgani sayin to‘r katagining o‘lchami kattalashadi.

Har ikki haftada ustrisalar “spa taomillari” uchun dengizdan olinadi – ular tuzli suvlar bilan yuviladi. Ustrisa to‘yintiruvchi moddalarni maksimal darajada olishi uchun shunday qilinadi. Bunday sharoitlarda ustrisalar 2 yil o‘sadi, ana shundan keyin ular marvaridni yetishtirish uchun tayyor.

Yangi marvarid implantasiya usulida yetishtiriladi. Eng sog‘lom va katta ustrisalar tanlab olinadi. Ular bir sutkaga toza dengiz suvi bilan to‘ldirilgan hovuzga solinadi.

Marvaridning qiymati va narxi uning sifati bilan aniqlanadi. Sifati esa uning hajmi, shakli, rangi, yaltiroqligi va yuzasiga bog‘liq. Tillarang marvarid ko‘proq qadrlanadi, keyingi o‘rinlarni esa oq, kumushrang, keyin esa sariq va qaymoqrangdagisi egallaydi. Zargarlik buyumlari bo‘yicha jahon brendlari marvarid fermalarining mijozlari sanaladi.

Chig‘anoq implantasiya qilingan no‘xatchani o‘zidan «itarish» holatlari ham bo‘ladi, bunday marvarid «keshi» deb ataladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!