Avstraliyada qulupnay ichiga igna tiqib qo‘yayotgan gumonlanuvchi ushlandi

Avstraliyada qulupnay ichiga igna tiqib qo‘yayotgan gumonlanuvchi ushlandi

Avstraliya polisiyasi qulupnay hosili ichiga igna tiqib qo‘yayotgan o‘smirni ushladi. Ta’kidlanishicha, o‘smir buni “hazil tariqasida” amalga oshirgan. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.  

Avvalroq Avstraliyada do‘konlarda sotilayotgan qulupnay ichidan ignalar chiqayotgani ma’lum qilingandi. 

Xabarda ta’kidlanishicha, tergov davom etadi va huquq-tartibot idoralari qolgan gumonlanuvchilarni izlashni davom ettiradi.  

ABC telekanalining xabar qilishicha, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga igna tiqib qo‘yayotgan jinoyatchilar uchun jazo muddatini 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha oshirishni taklif qilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!