AQShda terisiz chaqaloq tug‘ildi

AQShda terisiz chaqaloq tug‘ildi

2019 yil boshida Texasning San-Antonio shahrida noyob anomaliyadan azob chekayotgan Jabari Gray ismli chaqaloq tug‘ildi - uning vujudida deyarli terisi yo‘q edi. Bolaning terisi faqat boshida, qisman oyoqlarda mavjud edi, xolos. Tananing boshqa barcha qismlari go‘sht bo‘laklariga o‘xshaydi. Hatto shifokorlar ham tirik qolishi mumkinligiga hayron qolishgandi o‘shanda.

Chaqaloq tug‘ilgandan keyin darhol tashxis qo‘yilgan - teri aplaziyasi. Jabari hayotni sun’iy ushlab turuvchi qurilmaga joylashtirilgan. Mutaxassislar esa bundan ortq hech narsa qila olmasliklarini aytishgan. Ammo go‘dakning ota-onasi farzandini boshqa kasalxonaga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Yaqinda shifokorlar bolaga o‘zi nafas olishiga yordam beradigan jarrohlik amaliyotini rejalashtirishmoqda. Keyin esa murakkab teri transplantatsiyasi uchun uzoq muddatli tayyorgarlik boshlanadi. Bundan tashqari, boshqa operatsiya ham rejalashtirilgan, bu barmoqlar bo‘ynidan ajratishga yordam beradi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, boshqa klinikalarning mutaxassislari bolada hech qanday aplaziya yo‘qligini, bu xastalik Kapalak sindromi yoki Bulloz Epidermolizi ekanligiga ishonishmoqda. Bu kasallik o‘ta noyob bo‘lib, patologiyaning tashuvchisi kim ekanligini aniqlash uchun bir qator genetik tadqiqotlar rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!