AQSh o‘z zaxiralaridan yana 40 million barrel neft sotadi

AQSh o‘z zaxiralaridan yana 40 million barrel neft sotadi

AQSh Energetika vazirligi strategik neft zaxirasidan (SPR) 40,1 million barrelgacha ko‘proq neft sotadi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatmoqda.

Energetika vazirligi 21 iyundan 30 iyungacha 39 million barrelgacha SPR neftni, 1 iyuldan 15 avgustgacha 1,1 million barrel yuqori oltingugurtli neftni yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Hujjatlar 1 iyunga qadar qabul qilinadi. Yoqilg‘i jo‘natiladigan korxonalar bilan shartnomalar agentlik tomonidan 10 iyundan kechiktirmay imzolanadi.

Ushbu hajmlar AQSh tomonidan mart oyida e’lon qilingan yuqori yoqilg‘i narxlari va yetkazib berishdagi uzilishlarga qarshi kurashish uchun SPRdan olti oy davomida kuniga 1 million barrel neft sotish rejasining bir qismidir. May oyidan iyulgacha 90 million barrel, qolgan 90 million barrel esa avgust oyidan oktyabrgacha chiqishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!