Andijonda «sabzi-archdi» marosimidagi janjal janozaga ulanib ketdi

Andijonda «sabzi-archdi» marosimidagi janjal janozaga ulanib ketdi

2019 yil 7 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi d bandi bilan aybli deb topilgan A.S.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.

A.S. (erkak kishi) 2018 yil 11 sentyabr kuni soat 23:00larda Qo‘rg‘ontepa tumani, Navro‘z M.F.Y., Haqiqat ko‘chasida yashovchi fuqaro I.M.ni (erkak kishi) uyiga borib, uni uyida bo‘layotgan to‘y arafasidagi sabzi-archdi marosimida qatnashayotganida, u yerga I.M.ni (erkak kishi) qo‘shnisi S.D. (erkak kishi) kirib, spirtli ichimligi ichib, mast bo‘lgani holda marosimdagi fuqarolarni tinchligini buzayotganini ko‘rib, uni ko‘chaga olib chiqib, mast bo‘lib qolganini tushuntirib, uyiga ketishini aytganida, S.D. (erkak kishi) uni haqorat qilib yuborgani va unga haqorat qilmasligini aytib, shu to‘g‘risida u bilan janjallashib ketib, janjal vaqtida S.D.ni (erkak kishi) qorin qismiga musht bilan urib, unga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada D.Sobirovni ahvoli og‘irlashib, 2018 yil 13 sentyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 2018 yil 27 sentyabr kunidagi №543-sonli xulosasiga ko‘ra, fuqaro S.D.da (erkak kishi) qorin bo‘shlig‘i a’zolarini yopiq shikasti, 12 barmoq ichak orqa devorini jarohatidan so‘ngi yorilishi, katta charva va ingichka ichak to‘qimalari, yo‘g‘on ichak devorlariga qon quyilishi, tarqalgan gemorraking, axlati, fibrinli peritonit, tanasidagi shilinmalar aniqlangani, aniqlangan tan jarohatlar hayot uchun xavflilik mezoni bo‘yicha og‘ir tan jarohati belgilariga ega bo‘lib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganligi aniqlangan.

Sud, sudlanuvchi A.S.ga (erkak kishi) jazo turi va miqdorini tanlashda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan, Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-engilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak ligi tamoyillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida gi 1-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, sudlanuvchini aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, uning oilaviy sharoitini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishini, muqaddam sudlanmaganligini, sodir etilgan qilmishni ijtimoiy xavflilik darajasini, jabrlanuvchini da’vosi borligini inobatga olib, unga nisbatan uning harakatlari talqin etilayotgan moddasi sanksiyasi doirasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. A.S.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi d bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud, sudlanuvchi A.S.dan (erkak kishi) jabrlanuvchi S.N.ga (ayol kishi) 2.000.000 so‘m moddiy zarar hamda 10.000.000 so‘m ma’naviy zararlar undirilishi belgilandi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!