Xorazmda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urib, qo‘liga igna tiqdi

Xorazmda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urib, qo‘liga igna tiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bog‘cha opa tomonidan bola kaltaklanib qo‘liga igna tiqildi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yilning noyabr oyida Gurlan tumani, 23-sonli bog‘chada sodir etilgan bo‘lib, ushbu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi F.S. bog‘cha tarbiyalanuvchilari M.X., T.SH. (2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) ning go‘yoki bir-biri bilan urushganligi vaji bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va bolalar yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan. Bu holat videotasvirga tushgan.

Mazkur holatni, shuningdek, bolaning qo‘liga igna qay tarzda kirganligini aniqlash yuzasidan hozirda Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!