Reper MC Doni Moldovaga kiritilmadi

Reper MC Doni Moldovaga kiritilmadi

MC Doni taxallusi bilan ijod qiluvchi reper Dostonbek Islomov bugun Moldovaning Tarakliya shahrida bayram konsertida chiqish qilishi kerak edi.

Lekin unga Moldovaga kirish ta’qiqlangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda IIV tomonidan imzolangan ta’qiqlovchi protokol suratlari paydo bo‘ldi.

Bayonnomada nima sababdan kirish rad etilgani ko‘rsatilmagan.

Sputnik Moldova @rusputnikmd yozishiga ko‘ra, artist muxolifat partiya yetakchisi Shorning konsertida chiqishni rejalashtirgani sababli kiritilmagan. Ta’qiq hukmron partiya tomonidan kiritilgan. “Buni diktatura emas Yevropacha demokratiya deyish kerak”, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!