Qozog‘iston yetti nafar noqonuniy muhojirni O‘zbekistonga deportasiya qildi

Qozog‘iston yetti nafar noqonuniy muhojirni O‘zbekistonga deportasiya qildi


Qozog‘istonda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida mamlakat hududida noqonuniy ishlab yurgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Satpayev shahrida yetti nafar O‘zbekiston va to‘qqiz nafar Tojikiston fuqarosi tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgan.

Qayd etilishicha, chet el fuqarolarini noqonuniy ishga joylashtirgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida barcha chet el fuqarolari mamlakatdan majburan chiqarib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, to‘rt kun ichida Moskvaning Vnukovo aeroportidan Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosi deportasiya qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!