«Robocop» Toshkent ko‘chalarida patrullik qila boshladi

«Robocop» Toshkent ko‘chalarida patrullik qila boshladi



Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi Podrobno.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, robot profilaktika bo‘yicha inspektor yordamchisi vazifasini bajaradi.

U shahar va qishloq joylarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan. To‘rt g‘ildirakli yordamchi GPS tizimi, yozib olish funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan. Mayoq qoidabuzarliklar haqida ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.


Mashina barcha turdagi huquqbuzarliklarni, hatto axlatni noto‘g‘ri joyga tashlashni ham yozib olishi mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar profilaktika inspektorining planshetiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, robot ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi NUWA Robotics kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!