Ana xolos! Yangi yil tadbirlari bekor qilindi

Ana xolos! Yangi yil tadbirlari bekor qilindi

Polsha poytaxtida koronavirus epidemiyasi tufayli Yangi yilni nishonlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda shahar meriyasi xabar xabar berdi.

“Aholining sog‘lig‘i – bu eng muhimi”, dedi shahar ma’muriyatining matbuot kotibi va kelgusi yilda yo‘qolgan vaqt o‘rnini qoplash mumkinligiga umid bildirdi. Shu bilan birga, bayramdan tejalgan mablag‘lar poytaxt byudjetida qolishi ta’kidlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada COVID-19 infeksiyasining 183 mingdan ortiq holatlari qayd etilgan, shundan 94 mingdan ortig‘i bemorlarning sog‘ayishi va 3614 nafari o‘lim bilan tugagan. Kasallik darajasi bo‘yicha mamlakat Yevropada o‘ninchi, dunyoda 29-o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!