Ana xolos! Indoneziyada karantin qoidalarini buzganlarning rasmlari ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda

Ana xolos! Indoneziyada karantin qoidalarini buzganlarning rasmlari ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda

Indoneziyada mahalliy hokimliklar koronavirus tufayli joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlarga qarshi o‘z jazo choralarini qo‘llay boshladi, deya yozadi Straits Times nashri.

Masalan, Achex viloyatida qoidabuzarlar Qur’on o‘qishiga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu nomusulmonlarga tegishli emas, ammo viloyat aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etadi.

Benkulu viloyatida esa ko‘chaga himoya niqobisiz chiqqanlar yoki ijtimoiy masofa qoidasini buzganlarning bo‘yniga kechirim so‘ralgan yozuv ilib qo‘yilyapti. Ustiga-ustak, ularning rasmlari ijtimoiy tarmoqlarga joylanyapti. Rahbarlarning fikricha, bunda jazo qoidabuzarlarning foydasiga xizmat qiladi. 

Poytaxt Jakartada ko‘chaga himoya niqobisiz chiqqanlar jarimaga tortiladi, ommaviy tadbir o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni buzganlar esa ommaviy hojatxonalarni tozalashga yuborilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Indoneziyada jami 25 216 kishi koronavirus bilan kasallangan, 1520 kishi vafot etgan, 6,4 mingdan ortiq kishi tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!