Agrar sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Agrar sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 22-24 aprel kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bir qator xalqaro tashkilotlar mutasaddilari bilan o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazdi.

🇺🇿🇷🇺 Shunday uchrashuvlardan biri Rossiyaning nafaqat bank sohasida, balki iqtisodiyotning turli sohalari uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish bo‘yicha katta tajribaga ega “Sber” kompaniyasi rahbariyati va mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish yordamida erishilayotgan yutuqlar, sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash masalalari va bunda hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda agrar soha ishonchli ma’lumotlar bazasini va sun’iy intellekt uchun etalonlarni shakllantirish, tahlillar va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida foydalanishni joriy etish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan "O‘zbekiston va Rossiya SI (sun’iy intellekt) global transformasiyasi paradigmasida: SI muvaffaqiyat kaliti sifatida" mavzusidagi sammitda ham ishtirok etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!