Afg‘oniston: saylov kunida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Afg‘oniston: saylov kunida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Kecha, 20 oktyabr kuni Afg‘onistonda parlamentning quyi palatasiga saylov chog‘ida yuz bergan portlashlar natijasida 44 kishi halok bo‘ldi, 238 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy “Pajvak” agentligi xabar tarqatdi. 

Birgina poytaxt Kobuldagi saylov uchastkasida xudkush hujumchi amalga oshirgan portlash 15 kishini hayotdan olib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida tinch fuqarolar ham, saylov komissiyasi a’zolari va polisiyachilar ham bor.  

Kechagi saylovda parlamentning quyi palatasidagi 250 o‘rin uchun 2558 nafar nomzod bellashdi. Saylov natijalari oktyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!