75 760. Hindistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

75 760. Hindistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Hindistonda o‘tgan 24 soat ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilanib, 75 760 kishining COVID-19 ni yuqtirib olgani aniqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 27 avgustda bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 26 avgust kuni yana 1023 kishi koronavirusdan vafot etdi va bu bilan qurbonlarning umumiy soni 60 472 kishiga yetdi.

Hindistonda koronavirusni yuqtirib olish bo‘yicha oldingi kunlik rekord ko‘rsatkich 22 avgustda qayd etilgandi. O‘sha kuni 70 488 kishining COVID-19 ga chalingan ma’lum qilingandi.

Hindistonda oxirgi ikki haftadan beri yangi kasallanish hollari kuniga 60 mingtadan pastlamayapti. Ayni paytda koronavirusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3.3 million nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirda mamlakatda kuniga 800 mingdan ko‘proq odam koronavirusga test topshirayotganini aytgan. Bu esa mamlakatdagi har bir million kishining 27 mingdan ortig‘i tekshiruvdan o‘tkazilayotganini anglatadi.

Shuningdek, Hindistonda koronavirusdan tuzalganlar 76 foizni, o‘lim hollari esa 1.84 foizni tashkil qilmoqda. Ayni paytda Hindiston koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda AQSh va Braziliyadan keyingi uchinchi o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!