7 yoshli qizni zo‘rlab, so‘ng uning qotiliga aylangan erkak qatl etilishi mumkin, agar...

7 yoshli qizni zo‘rlab, so‘ng uning qotiliga aylangan erkak qatl etilishi mumkin, agar...

Kecha 9 avguct kuni Heshvill (Tennecci shtat)da 59 Bill Aypikni qatl etishlari kerak edi. Chunki 1985 yilda ota-onasi unga qarab turishi uchun 7 yoshli qizini tashlab ketganida, Billi qizni avval zo‘rlab, keyin esa o‘ldirib yuborgandi.

Advokatlar oxirgi daqiqalarda Billning ruhiy kasalligini dalil sifatida keltirgan holda uni afv etishlarini so‘rab oliy sudga murojaat qilishdi, deya xabar berdi “usa.one”.

Himoyachilarning so‘zlariga qaraganda, Bill ruhiy xasta ekanligi bois uning qatl etilishi qonunga zid ekan.

Bill Ayrik 7 yoshli qizaloq Poli Dayerni zo‘rlab, uni bo‘g‘ib o‘ldirganlikda aybdor deb topilgandi va unga nisbatan o‘lim jazosi tayinlangandi. Ammo jinoyatchining advokatlari uning birinchi himoyachisi sudga Billning ruhiy kasal ekanligini isbotlovchi dalillarni vaqtida topshirmaganligi bois 20 yil davomida buni isbotlashga harakat qilishdi. Ammo o‘z navbatida Tennecci prokurorlari Billning suda jarayonida barcha ayblarini tan olganligini ta’kidlab o‘tishdi. Oliy sud advokatlarning murojaatini rad etganligi bois jinoyatchining qatlini endi faqat shtat gubernatori bekor qilishi mumkin ekan.

Agar Bill kechirilmasa, bu 2009 yildan buyon Tenneccidagi birinchi qatl bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!