2019 yildan yuqori malakali mutaxassislar uchun daromad solig‘i 50 foiz qilib belgilandi

2019 yildan yuqori malakali mutaxassislar uchun daromad solig‘i 50 foiz qilib belgilandi

2019 yildan boshlab O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 50% qilib belgilandi. Bu haqda prezidentning xorijlik mutaxassislarni jalb qilish to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2018 yil 1 dekabrdan kompaniyalar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda ishlashi uchun ruxsatnoma olish sharti bekor qilinadi.

Qolaversa, qarorda yuqori malakali mutaxassis va malakali mutaxassis tushunchalariga ta’rif berilgan:

  • yuqori malakali mutaxassis – dunyoning eng yaxshi 1 000 oliy ta’lim muassasalaridan birini bitirgan, 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, O‘zbekistonda yiliga 60 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ish haqi oluvchi shaxslar;

  • malakali mutaxassis – oliy ma’lumot, 5 yillik ish staji hamda O‘zbekistonda ishlashi uchun yiliga 30 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ish haqi oluvchi shaxslar.

Bundan tashqari, xorijiy ishchilar uchun viza, yashash guvohnomasi olish, ro‘yxatga turish, propiska qilinish tartibi kabi masalalar haqida axborotni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot portali ishga tushiriladi.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!