“Zo’r TV” qoraqalpog‘istonlik jurnalistdan kechirim so‘radi

“Zo’r TV” qoraqalpog‘istonlik jurnalistdan kechirim so‘radi

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov Zo rTV kanali bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ariza bilan murojaat etdi. Ya’ni kanalning shou ko‘rsatuvlaridan birida boshlovchi kichkina 4-5 yashar qiz, bolaga Agar qiz yigitni yaxshi ko‘rsa qanday qilib bildiradi , deb savol beradi. Kichkina bola savolga javob berolmaydi, jajji qiz esa qizlarga xos noz bilan , deydi uyalib. Boshlovchi Uchrashuvga qiz taklif qiladimi yoki..? Restoranga borsa, pulnikim to‘laydi , qabilidagi savollar bilan ham yuzlanadi. Bunday savollarni kutmagan kichkintoylar nima deyishini bilmay qoladi.

Jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaga ushbu tijoriy kanalni sudga berish tugul, faoliyatini tugatish kerak , deb yozadi. Mazkur ariza tegishli tartibda o‘rganilib, Zo r TV kanali jurnalistdan kechirim so‘raydi va ushbu dastur efirga uzatilmasligini ma’lum qiladi.

Manba: kar24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!