Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida odamlar ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rashmoqda

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida odamlar ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rashmoqda

“NHK TV” ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning janubi-g‘arbiy Kumamoto prefekturasi aholisi uylarining tomlarida toshqinlardan qochib, tvitter ijtimoiy tarmog‘iga yordam so‘rab xabarlar joylashtirishgan.

Xabarlar bugun ertalab e’lon qilingan. Odamlar yordam so‘rab, suv toshqini tufayli tomlaridan najot izlashga majbur bo‘lgan o‘zlari va qarindoshlari haqida xabar berishgan.

Ijtimoiy tarmoqqa birgina Xitoyosi kichik shaharchasidan bunday xabarlarning o‘ndan oshig‘i joylashtirilgan. Jabrlanganlar orasida yosh bolali oilalar ham bor.

Avvalroq, Yaponiya janubidagi Kumamoto va Kagosima prefekturalarida istiqomat qiluvchi 145 ming aholiga kuchli yomg‘ir tufayli favqulodda ogohlantirish e’lon qilingan va evakuasiya qilinish aytilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!