Yaponiyada koronavirus tarqalishi rekord darajaga chiqdi

Yaponiyada koronavirus tarqalishi rekord darajaga chiqdi

Yaponiyada koronavirus infeksiyasining yangi holatlari bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi. Chorshanba kuni, mamlakatda COVID-19 ko‘payishi - kuniga 795 ta yangi holat qayd etildi, bu aprel oyidagi kunlik maksimal miqdordan oshib ketdi, deb xabar beradi Kyodo.

Bugungi kunga qadar Yaponiyada 27 800 ga yaqin odam koronavirus bilan kasallangan, shu jumladan, fevral oyida Iokogamada karantinga qo‘yilgan Diamond Princess kruiz kemasida 700 ga yaqin holat qayd etilgan.

May oyining oxiridan boshlab, Yaponiya hukumati favqulodda holatni butunlay bekor qildi, shundan so‘ng yangi holatlar soni ko‘paydi.

Tokio gubernatori Yuriko Koike aholini kelgusi dam olish kunlari keraksiz yurishlardan tiyilishga chaqirdi, chunki Tokioda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 10 mingdan oshdi.

Shuningdek, chorshanba kuni Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi Osaka prefekturasida 121 ta yangi holatlar tasdiqladi, bu bir kunlik eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tokio yaqinida joylashgan Saitama prefekturasida ham chorshanba kuni eng yuqori kunlik 62 ta holat qayd etildi. Yaponiya poytaxtiga yaqin joylashgan Tiba va Kanagava prefekturalarida ham favqulodda holat tugaganidan beri koronavirus infeksiyasi tarqalishining eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.

«Nima bo‘lishidan qat’i nazar, biz infeksiya tarqalishini to‘xtatishimiz kerak. Agar siz uyingizni tark yetsangiz, men fuqarolardan infeksiyaning oldini olish uchun ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘rayman», dedi Koike matbuot anjumanida.

«Bundan tashqari, men ushbu hafta oxirida dam olish kunlari fuqarolar yurishdan tiyilishlarini istayman. Biz infeksiyaning «ikkinchi to‘lqini»ga tayyor bo‘lishimiz uchun ehtiyot bo‘lishimiz kerak», dedi gubernator.

Eslatib o‘tamiz, Tokioda 24 yanvar kuni birinchi virus aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!