Yaponiya “G7”ga raislik qiladi

Yaponiya “G7”ga raislik qiladi

Yaponiya 2023 yilda “G7” raisligini o‘z zimmasiga oladi, bu vaqt davomida Bosh vazir Fumio Kisida “Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash va Ukrainani quvvatlashda davom etadi”, dedi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar berdi.

2022 yil avgust oyida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani ko‘rib chiqish konferensiyasida Kisida Xirosima harakat rejasi, deb nomlangan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi konsepsiyani taqdim etdi. Yaponiya yadrosiz dunyo sari birinchi qadam qo‘ymoqda, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, Yaponiya AQSh va Xitoy o‘rtasida yadroviy qurolni kamaytirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish niyatida, shuningdek, sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasi sammiti doirasida bu mavzuda yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Katta yettilik” yetakchilarining sammiti Xirosimada bo‘lib o‘tadi. AQSh Prezidenti Jo Bayden 1945 yildan beri birinchi Amerika rahbari sifatida atom bombasidan katta zarar ko‘rgan Nagasaki shahriga tashrif buyuradi.

2016 yilda Qo‘shma Shtatlar sobiq yetakchisi Barak Obama Xirosimaga kelgan ilk prezident bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!