Xo‘jaylida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi oqava quvurdan topildi

Xo‘jaylida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi oqava quvurdan topildi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi oqava quvurdan topildi. Bu haqda jurnalist Iqboloy Yovmudboyeva ma’lum qildi.

Daryo nashrining yozishicha, Xo‘jayli tumani Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yanvar kuni 2011 yilda tug‘ilgan Xo‘jayli tumani Xo‘jayli shahri Tao‘sha ko‘chasida yashovchi A.A. Antakiya restoraniga onasi bilan to‘yga borib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 18:30 da xabar berilgan. Tezkor guruh tomonidan voqea joyida qidiruv ishlari o‘tkazilgan.

Antakiya restorani kuzatuv kameralarining tasvirlaridan ma’lum bo‘lishicha, A.A. restoran yaqinidagi oqava quvurga tushib ketgan. 19 yanvar kuni kech soat chamasi 23:30 lar atrofida bolaning jasadi quvur ichidan topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolakay quvurga sirpanib tushib ketgan.

Ma’lumot uchun, 19 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda qor yoqqan edi. Jarayon bo‘yicha hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!