Xorazmda er-xotin is gazidan vafot etdi

Xorazmda er-xotin is gazidan vafot etdi

Shu yilning 6 fevral kuni  is gazidan zaharlanib  vafot etishga oid ikkita holat qayd etildi. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Birinchisi Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida sodir bo‘ldi. Tumanning  Do‘stlik mahallasida yashovchi E.A. (1971 y.t., sudlanmagan, ishchi)  o‘z xonadoni yotoqxonasidan jonsiz holatda topilgan.

Ikkinchisi  Xorazmning Bog‘ot tumanida yuz bergan. tumanning  Sohibkor mahallasida yashovchi G.Q. (1972 y.t., sudlanmagan, ishsiz) va uning turmush o‘rtog‘i E.B.lar (1977 y.t., sudlanmagan, ishsiz) yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Har ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!