Xorazm shakar zavodining egasi xom ashyo xarid qilish uchun 20 mln dollar kredit olishga qaror qildi

Xorazm shakar zavodining egasi xom ashyo xarid qilish uchun 20 mln dollar kredit olishga qaror qildi

3 oktyabr kuni «Xorazm shakar» AJning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Unda kompaniyaning 2018 yilgi biznes-rejasi tasdiqlandi.

Yig‘ilishda «Angren shakar» MCHJning bankdan valyuta krediti olishi uchun kafillik berish rad etildi. Buning o‘rniga shakarqamish xom ashyosini sotib olish uchun jamiyatning o‘zi 20 million dollar kredit oladigan va shartnomalar tuzadigan bo‘ldi.

«Xorazm shakar» yangi egasi, yangi ustavi, hatto yangi nomi, shuningdek, jalb etilishi rejalashtirilayotgan salmoqli mablag‘ bilan korxonani to‘liq quvvatda ishlatishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2017 yilda shakar tanqisligi muammosiga duch kelgandi. Ushbu muammo Rossiya, xususan, Ukrainadan shakar importini ko‘paytirish evaziga hal etildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq toshkentlik A.Toshev Xorazm shakar zavodi aksiyalarining 99,4 foizini sotib olgani, u aksiyadorlik jamiyati nomini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!