Xamzat Chimayev Ramzan Qodirov bilan sparringga tushgan videosini e’lon qildi

Xamzat Chimayev Ramzan Qodirov bilan sparringga tushgan videosini e’lon qildi

UFC jangchisi Xamzat Chimayev Checheniston respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov bilan sparringga tushgan videosini e’lon qildi.

Chimayev Instagram sahifasidagi video ostida “mashg‘ulotlar CHR rahbari nazorati ostida davom etmoqda”, – deb xabar qoldirgan. Chimayev koronavirusdan keyin og‘ir asoratlarni o‘tkazdi. Kasallik tufayli uning britaniyalik Leon Edvarsga qarshi jangi dastlab qoldirildi, keyinroq umuman bekor qilindi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘ng o‘pkasi kasallikdan keyin butunlay tuzalmagan.

Chimayevning akasi Artur jangchi karyerasini davom ettirishi, faqat bu uchun vaqt kerak ekanini aytgan. Yaqinda Chimayevning agenti Ali Abdul-Aziz uning tez orada qaytishini bildirgan.

2020 yilning 20 sentyabrida jangchi jangning 17 soniyasida Jerald Mershartni nokaut qilib, rekordini 9-0 ga yetkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!