Xalq Lukashenkodan Belorusni tark etishni talab qildi
Minsk avtomobil zavodi (MAZ) ishchilari iqtisodiy foyda kerak emasligini, balki, Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatdan chiqib ketishini talab qilishgan.
"Hamma ozod qilinishi kerak! To‘g‘ri?! To‘g‘ri! Biz hech qanday iqtisodiy foyda talab qilmaymiz, kartalar uchun qo‘shimcha 100 rubl emas, lekin biz bitta narsani talab qilamiz — janob Lukashenko o‘z samolyotida kelib, mamlakatni tinchgina tark etishi lozim", deyiladi ishchilar bayonotida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)