"Xalq bilan muloqot" ko‘rsatuvi videokonferensiya shaklida ilk bor Surxondaryoda o‘tkazildi

"Xalq bilan muloqot" ko‘rsatuvi videokonferensiya shaklida ilk bor Surxondaryoda o‘tkazildi

Xalq bilan muloqot ko‘rsatuvida ishtirok etish to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga 30 daqiqa qolganda viloyat televideniyesiga kelgan Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov studiya dekarasiyasini tezda o‘zgartirishga, 4 ta sektor rahbari uchun qo‘yilgan yumshoq o‘rindiqlar o‘rniga minbarlarni qo‘yishga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda UZ24 ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Fuqarolarning murojaatiga yumshoq o‘rindiqda o‘tirib emas, necha soat davom etsa ham ikki oyoqda tik turgan holda javob beraman , degan B.Po‘latov.Viloyat hokimi 2 soat vaqt mobaynida fuqarolardan tushgan 300 dan ziyod murojaatlarning aksariyatiga javob bergan.

Viloyat hokimligi studiyasidan ishtirok etayotgan viloyat hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar va tumanlar hokimlari, aloqador tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat, shuningdek, namoyish etilgan videolavhalardagi muammo va kamchiliklar yuzasidan izoh so‘ragan.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatda ijobiy hal etish, videolavhalarda namoyish etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi shaxsan nazoratga olingan.

Men Sizning turmush tarzingiz va farovonligingiz yo‘lida xizmatkoringizman. Bugun hal qilib berishim uchun oldimga ko‘ndalang qilib qo‘ygan masalalaringizning barchasini qonuniy tartibda ijobiy hal qilishga va’da beraman , degan viloyat hokimi ko‘rsatuv yakunida.

Surxondaryo viloyati hokimining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga qoldirilayotgan izohlaridan shuni anglash mumkinki, voha aholisi hokimning Xalq bilan muloqot ko‘rsatuvidagi ilk chiqishini qoniqish bilan qabul qilgan.

Manba: uz24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!