Vengriya TIV rahbari YEIni yangi sanksiyalar haqidagi gaplarni bas qilishga chaqirdi

Vengriya TIV rahbari YEIni yangi sanksiyalar haqidagi gaplarni bas qilishga chaqirdi

Evropa ittifoqi (EI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami haqidagi suhbatlarni bas qilishi kerak, bu Yevropadagi energetika inqirozini kuchaytiradi xolos. Bu haqda hozir Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi sessiyasida bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.

“EI (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarning sakkizinchi to‘plamini esga olish va energiya resurslarini yetkazib berish inqirozini yanada kuchaytiruvchi choralar ko‘rsatmalarini bas qilmog‘i darkor”, - dedi u ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videomurojaatida.

Siyyarto sanksiyalar hech bir shubhasiz Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘zi uchun o‘ta og‘riqli ekanini isbotlaganini ta’kidlagan. Zero Yevropada inflyasiya o‘sgan, energiya narxlari osmonga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operasiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.

Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!