Ukrainada 10 yashar bola koronavirusga chalindi

Ukrainada 10 yashar bola koronavirusga chalindi

Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko payshanba kuni Kiyevda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning soni 40 dan 47 gacha o‘sganini ta’kidladi, virusga chalinganlar orasida o‘n yoshli bola ham bor.

"Poytaxtda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi va 47 kishiga yetdi", deb yozdi Klichko o‘zining feysbukdagi sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining Kiyev shahridagi laboratoriya markazi koronavirusning yana yetti holatini tasdiqladi. Xususan, 22 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar ayol, 48 va 62 yoshli ikki erkak va o‘n yoshli bola kasallikka chalingan.

Ikkita bemor Aleksandr kasalxonasiga yotqizilgan, qolganlari o‘z uyida karantinga olingan, shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!