Vadim Abramov terma jamoaga kimlarni chaqirgani ma’lum bo‘ldi

Vadim Abramov terma jamoaga kimlarni chaqirgani ma’lum bo‘ldi

2 oktyabr, chorshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari oldidan Toshkent shahrida yig‘inga kirishadi.

Vadim Abramov ushbu yig‘inga jalb qilgan 28 futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi. Yig‘in yakunida Abramov rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibni tanlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari 2-turi doirasida 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 15 oktyabrda Singapurga safar qiladi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Abdumavlon Abdujalilov («Bunyodkor»).

Himoyachilar: Egor Krimes («Paxtakor»), Rustam Ashurmatov («Gvangju» – Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Sharof Muxitdinov («Nasaf»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Dilshod Ahmadaliyev («Bunyodkor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Akbar Ismatullayev («Metallurg»).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG» - Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK» – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Lutfulla To‘rayev («Bunyodkor»), Otabek Shukurov («Sharja» – BAA), Sardor Mirzayev («Lokomotiv»), Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Jamshid Iskandarov («Lokomotiv»), Jasur Yaxshiboyev (OKMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov» – Rossiya), Igor Sergeev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!