«O‘zbekneftgaz» AI-92 benzin uchun aksiz solig‘ini 4 baravarga oshirishni taklif qilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AI-92 benzin uchun aksiz solig‘ini 4 baravarga oshirishni taklif qilmoqda

«O‘zbekneftgaz» benzin importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirishni taklif qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjatning haqiqiy ekanligini «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi tasdiqlagan.

"Davletovuz" telegram kanalining yozishicha, «Olib kirilayotgan tovarlarga solinadigan aksiz soliqlarini nol qiymatda belgilanishi munosabati bilan import qilinadigan xomashyoga xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan respublika iste’molchilarini arzon neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha taklif qilinayotgan choralarni dolzarb deb hisoblaymiz», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» ayrim tayyor neft mahsulotlarining importiga solinadigan aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

Masalan AI-80, AI-91, AI-92 benzinlariga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizgacha ko‘tarish taklif etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!