HAMAS Isroil bilan kelishuvga erishmoqchi

HAMAS Isroil bilan kelishuvga erishmoqchi

HAMAS harakati Isroil bilan kelishuvga erishish uchun 30 ga yaqin garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Bu haqda Al Hadath xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv uch yoki to‘rt bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, birinchi bosqichda keksalar va kasallikka chalinganlar qo‘yib yuborilishi mumkin.

Ikkinchi bosqich qolgan tinch aholini ozod qilishni, uchinchisi - harbiy xizmatchilarni ozod qilishni, to‘rtinchisi - o‘liklarning jasadlarini almashtirishni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!