Ziyofatdagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi

Ziyofatdagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi

AQShda Nyu-Yorkda ona bo‘lishi kutilayotgan ayol sharafiga o‘tkazilgan ziyofat chog‘ida yuz bergan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi.

Bu haqda NBC New York xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘krak qafasidan jarohat olgan 24 yoshli yigit Yamayka kasalxonasiga yetkazilgan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, o‘q jarohatlari bilan uch nafar jabrlanuvchi yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.

Polisiya otishmachini qidirishda davom etmoqda. Bo‘lim otishmaga nima sabab bo‘lgani haqida hech qanday ma’lumot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!