Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning yana bir Su-25 samolyotini urib tushirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning yana bir Su-25 samolyotini urib tushirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida mamlakat Qurolli kuchlari bugun Donesk viloyatida Rossiyaning Su-25 samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi.

"Bugun, shuningdek, qo‘shinlarimiz 13 ta Shahed dronlarini urib tushirishdi. Kun davomida Rossiya chegaradagi bo‘linmalarimiz va frontdagi pozisiyalarimizga qarshi har xil turdagi sakkizta raketa va 70 ga yaqin boshqariladigan aviabombalardan foydalandi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Rossiya harbiylari urib tushirilgan Su-25 samolyoti haqida izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!