O‘zbekistonga birinchi yarim yillikda 3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga birinchi yarim yillikda 3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi

Senatning 21-yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa daxldor vazirlik hamda idoralarning turizmni rivojlantirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha axborotini tinglashdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston eng erkin viza tartiblari reytingida MDH davlatlari orasida 2-o‘rinni egallagan. Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonga ilk 6 oy ichida 3 mlndan ko‘proq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 31 foiz ko‘proqdir.

Shuningdek, sayyohlik xizmatlari eksporti oshmoqda, u 2018 yilda 1 mlrd 40 mln dollargacha ko‘paygan. 2019 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 590,5 mln dollarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, ushbu sohada bir qator muammolar ham sanab o‘tildi. Ta’kidlanishicha, bir qator daxldor vazirliklar va idoralarda turizmni rivojlantirish faqatgina Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasida degan yanglish nuqtai nazar vujudga kelgan. Shu sababli zaif idoralararo muvofiqlashtirish qayd qilinib, u ko‘pincha turizm sohasidagi davlat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan ba’zi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan ifodalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!