O‘zbekistonda kimning qayerda karantinda saqlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

O‘zbekistonda kimning qayerda karantinda saqlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar koronavirusni keng yoyilishining oldini olish maqsadida turli viloyatlardagi karantin markazlariga joylashtirilgan. Tanish-bilishlari yoki qarindoshlari chet eldan uchib kelgan fuqarolar ularning tashxisi va karantin qachon yakuniga yetishi haqida qayerdan bilish mumkin?

"Qalampir.uz" ma’lumotiga ko‘ra, uchib kelganlar va karantinda saqlanayotganlar haqidagi to‘liq ma’lumotni koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish Shtabidan, 71-276-49-66 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilish mumkin.

Ta’kidlanishicha, ma’lumot olish uchun reys, sana va qaysi davlatdan uchib kelganligini aytish zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!