O‘zbekiston yana yangi reytingda, bu safar nima bo‘yicha?

O‘zbekiston yana yangi reytingda, bu safar nima bo‘yicha?

Irlaniyaning Concern Worldwide gumanitar tashkiloti hamda Germaniyaning Welthungerhilfe nodavlat tashkiloti aholining ochlik ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyo mamlakatlarining Global indeksini e’lon qildi.

Mutaxassislar ushbu indeksda ochlik ko‘rsatkichini 0-100 ballgacha bo‘lgan shkalada baholagan. Ya’ni 0 — eng yaxshi natija, 100 esa o‘ta qoniqarsiz holatni anglatadi.

O‘zbekiston ushbu reytingda 10,7 ball bilan 49-o‘rinda qayd etilgan. 2000 yildagi natija bilan taqqoslaganda 23,6 balldan 10,7ga tushib, indeksda ijobiy natija qayd etilgan. Qozog‘iston reytingda 20, Qirg‘iziston 35 hamda Turkmaniston 54-pog‘onani egallagan.

Eng yomon natijani ya’ni 53,6 ball bilan eng oxirgi ro‘yxatda 117-o‘rinni Markaziy Afrika respublikasi band etgan. Shuningdek, Pokiston (94-o‘rin), Hindiston (102-o‘rin) va Afg‘oniston (108-o‘rin) ham indeksda yomon natija qayd etgan davlatlar qatoriga kirgan.

Indeksda eng yaxshi natijalarni Belarus, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Chili, Kosta-Rika davlatlari qayd etgan.

Tahlilga ko‘ra, 0 dan 10 ballgacha natija «ochlik darajasining pastligi», 10 dan 19,9 gacha «o‘rtachaligi», 20 dan 34,9 gacha «jiddiy darajadagi ochlik mavjudligi», 35 dan 49,9 ballgacha esa «xavfli darajadagi ochlik holati mavjudligini» va 50 dan baland indeks «o‘ta xavfli ochlik ko‘rsatkichi»ni anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!