O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narbayeva, Vazirlik, Miliy Olimpiya qo‘mitasi, federasiya rahbarlari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xabar berganimizdek, Boks bo‘yicha jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, “Shuhrat” medali sohibasi Zaynab Dayibekova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasining bayroqdorlari bo‘lishi rasman e’lon qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Abdulla Aripov o‘z nutqida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Olimpiada chempionlari 200 000, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medal sovrindorlari esa 50 000 dollarga ega bo‘ladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!