“O‘zbekiston” mehmonxonasining katta ulushi Singapur kompaniyasiga sotildi

“O‘zbekiston” mehmonxonasining katta ulushi Singapur kompaniyasiga sotildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi “Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 661-son qaroriga muvofiq “Otel Uzbekistan” MCHJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Agentlik tomonidan “Otel Uzbekistan” MCHJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi dastlab, 33,0 mln. AQSh dollariga tanlov savdolari orqali sotuvga chiqarilgan edi.

Mazkur davlat ulushini sotish shartlari etib xarid to‘lovini to‘lashdan tashqari:

a) 2 yil muddatda 100,0 mlrd. so‘m investisiya kiritish;

b) davlat ulushini sotib olgandan so‘ng 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmatini ko‘rsatish) saqlash;

v) tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlash;

g) mehmonxonani boshqarishga eng yaxshi menejerlarni jalb qilish belgilangandi.

Yuqorida ko‘rsatilgan narxda (33,0 mln. AQSh dollariga) talabgorlardan murojaat tushmaganligi sababli, davlat ulushining boshlang‘ich narxi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi “Davlat mulki ob’ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–2200-son qaroriga asosan, 10 foizdan bosqichma-bosqich 30 foizgacha pasaytirilgan holda 23,1 mln. AQSh dollari narxida tanlov savdolariga chiqarildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida mehmonxona biznesi va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan Buyuk Britaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur davlatlarining bu sohadagi taniqli kampaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha yakuniy taklif bergan 6 ta kompaniyalarning takliflari o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha, “Otel Uzbekistan” MCHJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha “Bashan investment group pte ltd” (Singapur) kompaniyasining – 24 oy mobaynida 23,2 mln dollar to‘lash, 1,5 yil ichida 100 mlrd so‘m investisiya kiritish va 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi – Davlat tender komissiyasi tomonidan ma’qullandi.

Ushbu qarorga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Bashan investment group pte ltd” (Singapur) kompaniyasi o‘rtasida yuqorida ko‘rsatilgan shartlar asosida “Otel Uzbekistan” MCHJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Manba: human.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!