O‘zbekiston fuqarosini urib o‘ldirib, so‘ng yoqib yuborgan jinoyatchi ushlandi

O‘zbekiston fuqarosini urib o‘ldirib, so‘ng yoqib yuborgan jinoyatchi ushlandi

Rossiyaning Kaliningrad shahrida O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Avvalroq vafot etgan shaxsning yong‘in natijasida o‘lgani xabar berilgandi. Aniqlanishicha, marhum o‘lguncha kaltaklangan, qotil esa jinoyatni yashirish uchun jasadni yoqib yuborgan.

"Jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi. U 24 yoshli mahalliy fuqarodir", deyiladi xabarda.

Jinoyatda gumonlanuvchining aytishicha, u O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirgan. Unga chet-ellikning o‘zini tutishi yoqmagan. Jinoyat izini yashirish uchun u jasadni biotualet kabinasiga joylagan va yoqib yuborgan. O‘zi jinoyat sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.

Jinoyatchiga qanday jazo berilishi hali ochiqlanmadi. Aniqlanishicha, u muqaddam jinoyat bilan qo‘lga tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!