Uzbekistan Airways ikkita vertolyotini sotuvga qo‘ydi

Uzbekistan Airways ikkita vertolyotini sotuvga qo‘ydi

Uzbekistan Airways AJ ishlatishdan chiqarilgan aviasiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Bu samolyot parkini yanada unifikasiya va modernizasiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.

Sotuvga qo‘yilgan texnikalar orasida 1991 yilda ishlab chiqarilgan MI-8MTV-1 (narxi 1 224 904 dollar) va 1992 yilda ishlab chiqarilgan xuddi shu modeldagi (narxi 1 274 265 dollar) vertolyotlar bor.

Shuningdek, sotuvga aviasiya dvigatellari qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!