Turkmaniston Toshkentga kelayotgan samolyotni o‘tkazmadi

Turkmaniston Toshkentga kelayotgan samolyotni o‘tkazmadi

O‘zbekistonga parvoz qilgan Eron samolyoti Turkmaniston talabi bilan ortiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Iranintl xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Zagros aviakompaniyasining 170 nafar yo‘lovchi bilan Toshkentga parvoz qilgan samolyoti Turkmaniston tomoni o‘z hududi ustidan parvoz qilish ruxsatnomasini kutilmaganda qaytarib olganidan so‘ng ortga qaytgan.

Eron rasmiylari buni kompaniya parvoz qilish huquqi uchun haq to‘lamagani bilan izohlagan.

Samolyot Mashhad shahriga qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchilarda yana bir muammo yuzaga kelgan. Ularning pasportlariga chiqish muhri bosilgani sababli yo‘lovchilar samolyotdan Eron hududiga tusha olmaydi.

Iranintl ushbu holatni Eron kompaniyalari va hukumatining Amerika sanksiyalari sababli duch kelgan moliyaviy muammolari bilan izohlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!