Turkmaniston prezidentiga noodatiy sovg‘a berishdi

Turkmaniston prezidentiga noodatiy sovg‘a berishdi

26 oktyabr kuni Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari Purli Agamiradov prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga 28 oktyabrdan 10 noyabrgacha Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik to‘g‘risida hisobot berdi.

«Prezident Gurbanguli Berdimuxamedovni jahon chempionati boshlanishi bilan tabriklab va barcha turkman sportchilari hamda yoshlari nomidan katta minnatdorchilik izhor qilib, Sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda Milliy og‘ir atletika federasiyasi rahbarlari unga musobaqa ochilish marosimiga taklifnoma va ramziy belgilar topshirishdi, shuningdek, shtanganing uzun metall sterjenini sovg‘a qilishdi», - deyiladi «Turkmaniston bugungi» agentligi xabarida.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!