Turkiyada 16 maydan 19 maygacha yana komendantlik soati joriy qilindi

Turkiyada 16 maydan 19 maygacha yana komendantlik soati joriy qilindi

Turkiyaning 31 viloyatida 16-19 may kunlari koronavirus epidemiyasi munosabati bilan to‘rt kunlik komendantlik soati joriy etiladi, dedi Turkiya Prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an.

"16-19 may kunlari komendantlik soati qaytadan kiritiladi. U shanba kuni soat 0.00 dan boshlanadi va seshanba kuni soat 24.00 gacha davom etadi" dedi Erdo‘g‘an televideniye orqali xalqqa.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyaning to‘qqiz viloyatida (Adana, Diyorbakir, Mardin, Trabzon, O‘rdu, Dengizli, Qahramonmaras, Shonliurfa, Tekirdog‘) kirish va chiqish taqiqlari bekor qilinmoqda, shu bilan birga ushbu tadqiq 16 viloyatda, jumladan Anqara va Istanbulda ham saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq komendantlik soatlari 11-12, 18-19, 23-26 aprel, 1-3 va 9-10 may kunlari Turkiyaning 31 viloyatida, shu jumladan Anqara, Istambul va Antaliyada joriy qilingan edi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda tasdiqlangan koronavirus holatlarining umumiy soni 138 mingdan oshdi va 3786 kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!