Turkistonda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Turkistonda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Bugun, 5 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida besh kish halok bo‘ldi bir kishi shifoxonaga yotqizildi.
Viloyatning Shordara tumanida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashuv sodir etgan. Turkiston viloyati Ichki ishlar departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, MAZ yuk avtomobili haydovchisi yo‘lda yugurib ketayotgan otni bosib ketgan, so‘ng qarama-qarshi tarafga chiqib, Lexus rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida olmaliqlik Lexus haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning biri Shordara tumanida yashagan, qolgan uch nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Lexus avtomobilining yana bir yo‘lovchisi, Rossiya fuqarosi og‘ir jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 
Polisiya “yo‘l harakati yoki transport vositasidan foydalanish qoidasini buzganlik” moddasi bilan tergov harakatlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, ekspertiza tekshiruvi ham o‘tkaziladi.
Qizilo‘rda viloyatida yashovchi yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Ta’kidlanishicha, polisiya otning egasini aniqlash harakatlarini ham boshlagan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!