Toyota kompaniyasi Fudziyama tog‘i yaqinida "aqlli" shahar qurishni boshladi

Toyota kompaniyasi Fudziyama tog‘i yaqinida "aqlli" shahar qurishni boshladi

Ikki ming kishi uchun boshpanaga aylanadigan Woven City deb nomlanuvchi ushbu shahar 70,8 gektar maydonga quriladi. Toyota tomonidan barpo etiladigan mazkur shahar maishiy yumushlarda yordam beradigan turli "aqlli" tizimlar uchun sinov poligoniga aylanadi: asosiy vazifasi datchiklar yordamida inson sog‘lig‘ini kuzatish orqali uning ehtiyojlarini qondiruvchi sun’iy intellektga ega robototexnika va uylar. 

Asosiy qurilish materiali — yog‘och, binolarning tom qismi esa quyosh batareyalariga ega "cherepisa" bilan yopiladi. Yapon markasining Xigasi-Fudzi nomli sobiq zavodi hududida quriladigan shahardan piyodalar va velosiped haydovchilari uchun ko‘chalar avtomobil yo‘llari bilan "chalkashib" ketadi.

Shahar bo‘ylab vodorodda harakatlanadigan e-Palette uchuvchisiz boshqariladigan mashinalar harakatlanadi. Yuklar yerosti tunnellari bo‘ylab tashiladi. Aholining dam olishi uchun bir nechta bog‘ va katta markaziy maydon bunyod etilib, u yerlarda turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Shahar dizayni ustida daniyalik arxitektor Byarke Ingels ishlagan, u bunga qadar Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi 2 va Kaliforniya hamda Londondagi Google shtab-kvartiralarini yaratishda loyihalari bilan tanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!