Toshkentning 3ta tumani gazdan uzib qo‘yiladi

Toshkentning 3ta tumani gazdan uzib qo‘yiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari hududlariga 2 iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha) «Bunyodkor» va «Yangi Bunyodkor» MFYlari:

  • aholi iste’molchilari soni — 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2328 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 6 ta.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha) «Yangi Sebzor» MFY:

  • aholi iste’molchilari soni — ko‘p qavatli uydagi 108 ta xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni — 2 ta.

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) «Oq uy» MFY Eski otchopar ko‘chasi:

  • aholi iste’molchilari soni — 42 ta xonadon.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!