Toshkentdagi somsaxona faoliyati to‘xtatildi

Toshkentdagi somsaxona faoliyati to‘xtatildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, aholini ovqatdan zaharlanishiga moyilligi yuqori hisoblanagan ob’ektlarning faoliyati yana bir marotaba nazoratdan o‘tkazildi.

Xususan, Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida «Yangi zamon» MFY Banokatiy ko‘chasi, 163-uyda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektida sanitariya holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvning eng muammoli jihati shundaki, SanQvaM talablariga mutlaqo mos kelmaydigan holatda, somsa tayyorlash uchun mo‘ljallangan hududda hech qanday oqava suv tizimi tashkil etilmaganligi, qo‘l yuvish joylari mavjud emasligi va maxsus uskunlarning o‘rnatilmaganida bo‘ldi.

Bundan tashqari, hech bir ishchi xodimda tibbiy ko‘rik xulosalari, sanminimmum o‘quv kurslarida ta’lim olmaganliklari aniqlandi. Shuningdek, muzlatgichlarning o‘z vaqtida tozalanmay hidlanib qolganligi, foydalanilgan idish-tovoqlarning yuvilmasdan qolganligi kuzatildi.

Mazkur aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi va somsaxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!